35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xayrulla Po‘latov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida “Besh bola” mahallasi hududida joylashgan tosh maydalash korxonasi faoliyati yuzasidan Yashnobod tumani ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i hamda Yashnobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Deputatlik so‘rovida korxona faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan chang va shovqin, ayniqsa tungi vaqtdagi faoliyatning aholiga ta’siri, shuningdek, korxonaning ekologik va sanitariya talablariga rioya etishi bilan bog‘liq holatlarni vakolatli tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish masalalari ko‘tarildi.

🌿 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chang va shovqinning aholi uchun noqulayliklarini kamaytirish hamda korxona faoliyatini belgilangan talablar asosida tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 1