Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Tuman soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda to‘lanishi, soliq qarzdorligi to‘g‘risida”gi hisoboti yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganishda mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, soliqlar va majburiy to‘lovlarning undirilishi, soliq qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
Shuningdek, deputat o‘z saylov okrugidagi Paxtachi mahallasi, Sadoqat ko‘chasi ko‘chaboshisi B. Mamanov bilan uchrashib, hududdagi soliq tushumlari, aholi murojaatlari yuzasidan fikr almashdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni o‘rganish, joylardagi holatni tahlil qilish va tegishli takliflarni shakllantirishda xizmat qiladi.