35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda navbatdagi 30-sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Muhokamalarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb etish, mahalliy byudjet daromadlarining 2026-yil II choragidagi ijrosi, qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish, soliq tushumlari hamda suv resurslarini samarali boshqarish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilinib, ularni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish belgilandi.

Slide 1 of 5