“Kelajak” markazi direktorining o‘rinbosari hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Fayzullo Dadajonov yangi “Kelajak” markazi binosiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida markazni zamonaviy ta’lim muhiti asosida tashkil etish, yoshlarning qiziqishi va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan ilg‘or infratuzilmani yaratish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markazda innovatsion laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari hamda ijodiy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yangi “Kelajak” markazi yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda iste’dodini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim maskanlaridan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.