35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

XALQ MANFAATI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi raisi, 7-“Tuqmor” saylov okrugi deputati Keldiyev Allamurod Boqiyevich saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Samimiy muloqot davomida fuqarolar tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minoti, yoshlar bandligi hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

Uchrashuv davomida aholining fikr va tashabbuslari hudud rivoji uchun muhim ekani alohida ta’kidlanib, xalq bilan ochiq muloqot doimiy davom ettirilishi qayd etildi.

 Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining eng muhim omili.

Slide 1 of 4