Новости

Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔻Kun tartibidagi masalalar:

🔸1. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

🔸2. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

🔸3. Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

🔸4. Jizzax shahrida “Dolzarb 90-kun” tadbirlari doirasida, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini yozgi taʼtil davrida mahallalarda va umumtaʼlim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 4