Новости

DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Ismailov Qamariddin Abduraximovich “Parkent dehqon bozori” MChJ xodimlari bilan hamkorlikda tuman Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navoning barqarorligini saqlash hamda mavsum uchun zarur oziq-ovqat zaxiralari yaratilganligi holatini jamoatchilik nazorati asosida o‘rgandi.Nazorat tadbiri davomida “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”da sotilayotgan go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari hamda ularning aholiga qulay va maqbul narxlarda taklif etilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, o‘rganish jarayonida bozor hududidagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ham ko‘zdan kechirildi. Xalq vakillari bozor ma’muriyati va tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘l bo‘yi hamda yo‘laklarda sanitariya qoidalariga zid ravishda sotishga yo‘l qo‘ymaslik, go‘sht do‘konlarida esa sotuvchilarning maxsus kiyim-boshda faoliyat yuritishi zarurligi yuzasidan tavsiyalar berdi.Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va bozorda sog‘lom raqobat muhitini saqlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.Jamoatchilik nazorati yakunida bunday o‘rganishlar bozorlarda tartib-intizomni mustahkamlash, narxlar barqarorligini ta’minlash, sanitariya talablariga rioya etilishi hamda aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 5