Новости

Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘. Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi G. Raxmatova bilan birgalikda Furqat mahallasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va hal etish, yoshlar hamda oilalar bilan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mahallada xotin-qizlarning faolligini kuchaytirish hamda ularning muammolarini tizimli hal etishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3