Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Donayev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat J.Donayev “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi ko‘magida imtiyozli kredit asosida tomorqadan unumli foydalanib issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar ish faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida issiqxona xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar, kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish holati hamda ushbu faoliyat orqali aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Donayev