Новости

#Kengash_ish_reja
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va aniqlangan natijalarni muhokama etishdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilishda Kengash raisi D.Danashev xalq vakillarining jamiyatdagi o‘rni, ularning xulq-atvori, nutq madaniyati hamda saylovchilar bilan muloqot jarayonida odob-axloq normalariga qat’iy amal qilishi qonun ustuvorligini ta’minlash va Kengash nufuzini oshirishda muhim omil ekanligini alohida ta’kidladi.

Muloqot davomida deputatlik faoliyatining o‘tgan davri davomidagi odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holatlari bo‘yicha tahliliy fikrlar tinglandi.
Yakunda barcha Kengash deputatlariga saylovchilar ishonchini oqlash, qonuniylik va odob-axloq mezonlariga so‘zsiz rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

| Web.sayt |Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |
Slide 1 of 5