Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati tomonidan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 nafar yoshning “Yoshlar daftari” orqali qo‘llab-quvvatlanishi hamda ularning bandligini ta’minlash yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mazkur yo‘nalish bo‘yicha 2026-yilda 30 nafar yoshning bandligini ta’minlash rejalashtirilgani aniqlandi. Joriy yilning 5 oyi yakunlariga ko‘ra, 20 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, ularning 16 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilib, bandligi ta’minlangan.

Shuningdek, qolgan 4 nafar yoshga ko‘mak berish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga belgilangan ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2