Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan Bo‘ston MFY hududida joylashgan U.Nosir oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, tibbiyot muassasasini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan olib borilayotgan ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi yuzasidan nazorat davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4