Новости

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kengashning joriy yil 1-yarim yillik media rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda issiq suv bilan ta’minlashdagi mavjud uzilishlar va ularni bartaraf etish choralarini o‘rganish yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur jarayonda tuman deputatlari Axrorjon Ibadullayev, Xurshid Jo‘raxolov, Boyovut tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i, Boyovut tumani “Suvota’minot” davlat unitar korxonasi rahbari hamda Boyovut tumani “Boyovuttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida hududlarda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, aholiga sifatli va uzluksiz kommunal xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7