Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Davlat Danayev, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati hamda mavjud infratuzilma holati ko‘zdan kechirdi. Xususan, dars xonalarining yetarli darajada jihozlangani, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani ijobiy baholandi.

Shu bilan birga, maktabdagi isitish tizimida ayrim muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, sovuq mavsumda sinf xonalarini to‘liq isitish bilan bog‘liq kamchiliklar o‘quvchilarga ma’lum darajada noqulaylik tug‘dirayotgani kuzatildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, isitish tizimini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4