Новости

Deputat faoliyat

Bugun Shayxontohur tumanida o’tkazilgan “Yashil makon” loyihasida Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi raisi Aziz Gafurov hamda deputat Miraziz Mirkomilovlar faol ishtirok etdilar. Loyiha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida o’tkazilib, mevali va manzarali daraxtlar ekildi. 

Tadbirda tabiatni asrash, ekologik muhitni yanada yaxshilash, shahar hududlarida yashil maydonlarni kengaytirish hamda kelajak avlod uchun sog’lom va musaffo atrof-muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan daraxt ekish ishlarida faol ishtirok etilib, tumanimizni yanada obod va yashil maskanga aylantirish yo’lida muhim qadamlar qo’yildi.

Slide 1 of 1