Новости

Deputat faoliyat

Bugun tumanimizda sogʻlom hayot tarzini ommalashtirish, jamoatchilikni sportga jalb etish maqsadida deputatlar ishtirokida marafon tashkil etildi. Unda turli yoshdagi ishtirokchilar, yoshlar va faol fuqarolar birlashib, faol va ijobiy muhit yaratdilar.

Marafon davomida ishtirokchilar nafaqat oʻz jismoniy imkoniyatlarini sinab koʻrishdi, balki birdamlik, jamoaviylik va yuqori kayfiyatni namoyon etishdi. Deputatlar ham bu tashabbus orqali xalq bilan yanada yaqin muloqotda boʻlish, sogʻlom hayot tarzini qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladilar.

Slide 1 of 1