Boyovut tumani "Ijodkor" mahallasi "Yurtparvar" ko‘chasida joylashgan ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan avariya holati deputat Asqarali Odilov tashabbusi bilan tezkorlik bilan bartaraf etildi.
Deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan amaliy ishlar natijasida nosozlik qisqa muddatlarda aniqlanib, zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi hamda ichimlik suvi ta’minoti to‘liq tiklandi.
Bugungi kunda hudud aholisi sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanmoqda.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati