📌 Deputat Z.I.Ubaydullaeva saylovchilar bilan “Yashnobod” mahallasida uchrashib, chorak davomida hududda amalga oshirilgan ishlar, jumladan infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash haqida ma’lumot berdi.
📁 Shuningdek, deputat Kengash sessiyalari va doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, tumanni rivojlantirish, ijtimoiy soha obyektlarida fuqarolarga qulayliklar ta’minlash hamda murojaatlarni hal etish bo‘yicha takliflar bildirdi.
🗣 Yakunda aholi murojaatlari tinglanib, muammolarini hal etish bo‘yicha hamkorlik davom ettirilishi qayd etildi.