Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Nasiba Alimova Farhod mahallasida joylashgan kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida kutubxonadagi mavjud sharoitlar, kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy xizmat turlarini joriy etish va kitobxonlar sonini ko‘paytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.