Новости

Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qarori asosida amalga oshirildi.

583-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 390 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida barpo etilgan.

Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Bektemir tumani hokimligi hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari D. Raximova hamda Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi raisi D.Muxitdinov, deputatlar N. Abduraxmаnov va Z.Kavaevlar mazkur loyiha hududda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Slide 1 of 5