Новости

Buyuk ajdodga ehtirom — Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi

 Tadbir davomida Amir Temurning buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda sifatidagi faoliyati, uning adolatli boshqaruv tizimi, ilm-fan va bunyodkorlikka bergan yuksak e’tibori haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek, Sohibqiron tomonidan barpo etilgan ulkan saltanat, tarixiy obidalar hamda bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan boy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

 Tadbirda yoshlar ishtiroki alohida e’tiborga molik bo‘lib, ular tomonidan Amir Temur siymosini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, she’rlar va chiqishlar namoyish etildi. Bu esa yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 So‘zga chiqqanlar tomonidan yosh avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib voris etib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, jasorat va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamiyatda tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatni oshirish hamda yoshlarning ongida buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1