35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, tibbiyot muassasasining faoliyati bilan tanishdi.

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik
punktida bo‘lib, tibbiyot muassasasining faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, muassasaning moddiy-texnik holati, tibbiy jihozlardan samarali foydalanish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi. Shuningdek, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish va kasalliklarni erta aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Deputat muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf
etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berdi.
 

Slide 1 of 4