35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Kotib

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulugʻbek tumani partiya tashkiloti raisi Aziz Sattorov "Minglola" mahalla raisi hamda "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholi oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va tozalikni saqlash boʻyicha targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻini binosi atrofidagi yashil hududlarni kengaytirish, qoʻshimcha daraxt va manzarali koʻchatlar ekish hamda hududni obodonlashtirish yuzasidan fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlikdagi ishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3