Shifobuloq mahallasida ichki yo‘llar ta’mirlandi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori asosida Boysun tumani Shifobuloq mahallasidagi ichki yo‘llar ta’mirlandi.
✅Amalga oshirilgan mazkur ishlar mahalla aholisi uchun qulay sharoit yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Ta’mirlash ishlarining sifati va bajarilgan ishlar holati tuman Kengashi raisi B.Xaitov hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Murodov tomonidan joyiga chiqqan holda monitoring qilindi.
✅ Monitoring davomida bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida amalga oshirilgani hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar o‘rganildi.
✅ Bunday amaliy ishlar mahallalarda mavjud infratuzilmaviy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.