35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#Deputat_nazarati

Saylovchilar murojaati — deputat e’tiborida
Xalq bilan muloqot, murojaatlarga e’tibor va amaliy yordam — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.

♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 14-saylov okrugi deputati Zafar Nazarov saylovchilari bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazib, ularning murojaatlarini oʻrganish va amaliy yechim topish borasida faol ish olib bormoqda.

♻️“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida mahallalarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar ham deputat nazoratidan chetda qolmadi.

♻️Jumladan, Nazarbek Shoh koʻchasi, 5-kotejda yashovchi Sh.Masharipovaga deputat Z.Nazarov tomonidan amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

♻️Bunday ezgu tashabbuslar, avvalo, aholining ogʻirini yengil qilish, ularning muammolariga befarq boʻlmaslik va xalq bilan hamnafas boʻlib faoliyat yuritishning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 4