35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati A.Hakimov deputatga biriktirilgan tashkilot vakili bilan hamkorlikda tumandagi Amir Temur mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib bordi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, qonun talablariga rioya etish hamda turli salbiy holatlarga befarq bo‘lmaslik yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.

Shuningdek, mahallada osoyishtalik va xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqarolarning faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

📌 Bunday profilaktik tadbirlar hududda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.