35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA”: DASTUR IJROSI O‘RGANILDI

 “YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA”: DASTUR IJROSI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov Katta
Dehqonobod mahallasida navbatdagi o‘rganishlarni olib bordi. Unda mas’ullar
hamda mahalla “ettiligi” a’zolari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi
mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

O‘rganishlar davomida hududda infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy ob’ektlar
hamda bino-inshootlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, obodonlashtirish
ishlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish,
aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy
ishlar ko‘zdan kechirildi. Mahallada iqtisodiy faollikni oshirish, kichik
biznes va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlar
muhokama qilindi.
 

Tuman hokimi tomonidan mutasaddilarga belgilangan vazifalarni sifatli va
o‘z vaqtida amalga oshirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda
mahallaning zamonaviy qiyofasini shakllantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar
berildi.
 

   

Slide 1 of 3