35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Zafarbek Dovletov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Arslon Qilichevning 2026-yil I yarim yillik ish yakunlari yuzasidan hisoboti sessiya oldidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida inspeksiyaning I yarim yillikdagi faoliyati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammolar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, hisobotni sessiyada muhokama qilish uchun zarur xulosalar shakllantirildi.