Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi suv ta’minoti xizmatlari holati, tariflarning shakllantirilishi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.
🔎
O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor:
▪️ ichimlik suvi tariflarining asoslanganligi;
▪️ tarif tarkibiga kiritilgan xarajatlarning qonuniyligi;
▪️ suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar;
▪️ aholi xonadonlarining suv hisoblagichlari bilan ta’minlanganlik darajasi;
▪️ suv ta’minoti xizmatlari sifati va uzluksizligi;
▪️ aholining tariflar va xizmatlar bo‘yicha xabardorligi
kabi masalalarga qaratilmoqda.
📖 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 309-son qaroriga muvofiq, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirishda xizmatlar tannarxi, tizimni rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi.
🎯 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — “tarif belgilandi” degan holat bilan cheklanib qolmasdan, aholining to‘layotgan mablag‘i evaziga xizmat sifati va infratuzilmada qanday real natija yaratilayotganini aniqlash.
📊 Shu bois deputatlar tomonidan mas’ullardan aniq raqamlar, mablag‘lar sarfi, bajarilgan ishlar va kutilayotgan natijalar bo‘yicha javoblar olinmoqda.