35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

DEPUTATLIK NAZORATI: ZOVURLAR HOLATI O‘RGANILDI

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan sug‘oriladigan maydonlar unumdorligini oshirish, meliorativ holatni yaxshilash, suv ta’minotini yaxshilash hamda resurs tejovchi zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kazakov tomonidan Eski Juma mahallasidagi zovurlar holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida zovurlarning mavjud holati, sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatiga ta’siri hamda suvni samarali boshqarish masalalariga e’tibor qaratildi.

🎯 Maqsad — sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holatni yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash.

Slide 1 of 2