Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 22-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat F. Turayev tomonidan M. Ulug‘bek mahallasida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida hududdagi investitsiyalar holati ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, investitsiya dasturi asosida Rayimberdiyev Odil rahbarligida savdo majmuasi qurilishi amalga oshirilayotgani o‘rganildi.
🎯 Maqsad — hududdagi investitsiya loyihalarining ijrosi va amalga oshirilish jarayonini deputatlik nazorati asosida o‘rganish.