35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#deputat nazorati #muzey faoliyati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi haftalik rejasiga muvofiq, hududdagi madaniyat va saʼnat maskanlari, shuningdek, muzeylar faoliyati va ulardagi mavjud holatni oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Shu munosabat bilan, 10-okrug deputati Nargiza Atakulovaning Kotibiyatdagi vakili Sevara Qodirova tomonidan shahar “Oʻlkashunoslik” muzeyi faoliyati joyiga chiqqan holda atroficha oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida:
❇️Muzeydagi eksponatlar holati va ularni saqlash sharoitlari;
❇️Tashrif buyuruvchilar va aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar;
❇️Muassasaning moddiy-texnik bazasi hamda bino infratuzilmasi koʻzdan kechirildi.

Oʻrganishlar natijasida muassasa faoliyatini yanada rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan va zudlik bilan yechimini kutayotgan bir qator muammolar aniqlandi.
📌 Natija: Aniqlangan barcha kamchilik hamda muammolar deputatning maxsus qayd qilish jurnaliga kiritildi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechimini topish uchun doimiy ijro nazoratiga olindi.

Madaniyat va maʼnaviyat maskanlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi amaliy ishlar davom etadi.

Slide 1 of 6