Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani partiya tashkiloti hamda partiyaning "Yosh ekologlar" qanoti tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
Unda Ekopartiya Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi A.Sattorov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi A.Azegovlar yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish, qishloq xo‘jaligida zamonaviy va ekologik yondashuvlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Davra suhbati davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning ekologiya hamda oziq-ovaqat sanoatidagi faolligini oshirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.