35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📍 Yoshlar maslahat guruhi vakillari Mevazor mahallasida

👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Matsapoyev Sulaymon Dilshod o‘g‘li hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Qalandarov Azamat Shermetovich birgalikda Mevazor mahallasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
📖 O‘rganish jarayonida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim olishi hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Slide 1 of 2