35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📍 Turkiston mahallasida aholi muammolari deputat tomonidan ko‘chama ko‘cha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan 10-Do‘stlik saylov okrugi hududiga kiruvchi Turkiston mahallasida uyma-uy yurilib, fuqarolarning yashash sharoiti, turmush darajasi, mahalla infratuzilmasi hamda mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Ochiq muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan asosan:
🔹 Turkmaniston ko‘chasini shag‘allashtirish;
🔹 dehqonchilik yerlarini sug‘orish uchun oqava suv ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan Turkmaniston ko‘chasini shag‘allashtirish masalasi yuzasidan tushuntirish berilib, joriy yil uchun manzilli dastur tasdiqlangani sababli mazkur taklif Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi "Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 665-son qarori asosida 2027-yilda shakllantiriladigan tuan obodonlashtirish boshqatmasining manzilli dasturiga kiritish bo‘yicha tegishli tartibda ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, dehqonchilik yerlarini suv bilan ta’minlash masalasi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini tinglash va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4