35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Oqibat” mahallasida “Mahallada obodonlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida keng qamrovli hasharlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlarda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP a’zosi  Yuldasheva Muyassar Tairovna bevosita ishtirok etib, tashkil etishda amaliy yordam berib kelmoqda.

Hashar davomida mahalla hududidagi ko‘cha va yo‘laklar, ariq-zovurlar hamda jamoat joylari tozalanib, hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar bajarildi.

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari obodonlashtirish bilan bir qatorda fuqarolarning daxldorlik hissini mustahkamlash, hamjihatlikni kuchaytirish va yashash madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3