35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Deputat so‘rovi – fuqarolar muammolarini hal etishning samarali vositasi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolarini hal etish maqsadida deputat so‘rovi instituti samarali qo‘llanilmoqda.

Deputat fuqarolar bilan ijro organlari o‘rtasidagi muhim ko‘prik vazifasini bajarib, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi orqali yetkazmoqda. Murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.