Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati S.Normetova "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida “Katta Xasanboy” MFY hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini joyiga chiqib o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida yashil hududlarni parvarishlash, maysazorlarni o‘rish, daraxt va butalarni saqlash hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅ Mas’ul xodimlar bilan muloqot davomida hududni yanada obodonlashtirish, yashil maydonlarni saqlash va fuqarolar uchun qulay hamda ozoda muhit yaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
🤝Hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining sifatli tashkil etilishi deputatlik nazoratida bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!