35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

DEPUTATLIK NAZORATIDA: BOG‘IBO‘STON MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Sadullayev tomonidan Bog‘ibo‘ston mahallasida joylashgan bolalar maydonchasi holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

🔠O‘rganish davomida bolalar maydonchasining texnik holati, xavfsizlik talablari hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, maydoncha atrofini himoya panjarasi bilan o‘rash hamda bolalar yiqilib jarohatlanishining oldini olish maqsadida o‘yin maydoniga zarbani yumshatuvchi maxsus rezina qoplama (xavfsizlik qoplamasi) o‘rnatishga ehtiyoj mavjud.

👉Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish deputatlik nazoratiga olindi. Bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4