35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 9-Konchi saylov okrugi deputati B.Sharipov hamda 18-O‘zbekiston saylov okrugi deputati L.Karimova tomonidan 9-Konchi saylov okrugi hududida joylashgan ichki ko‘cha yo‘llari, ko‘chalarning tungi yoritilishi va atrof-muhit obodonchiligi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🛣O‘rganish davomida ichki yo‘llarning bugungi holati, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

💡Shuningdek, ko‘chalarning tungi yoritilishi, yoritish tizimidagi mavjud muammolar va ularni yaxshilash yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

🌳Hududning sanitariya-tozaligi, maydonlar va umumiy foydalanishdagi joylarning obodonlashtirilganlik darajasi ham alohida e'tiborga olindi.

🤝Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

✅Aholi uchun qulay va obod yashash muhitini yaratish borasidagi bu kabi o‘rganish ishlari muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 2