35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli M.Azimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi O‘RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
7 nafar ajrim yoqasidagi oila bilan manzilli ishlanib, oilalarni saqlab qolish maqsadida yarashtirish ishlari amalga oshirilgan;
98 nafar xotin-qizning ijtimoiy holati o‘rganilib, ular "Ayollar daftari"ga kiritilgan;
15 nafar ishsiz ayolning bandligini ta’minlash va ishga joylashishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan;
50 nafar xotin-qiz ishtirokida psixologik trening va maslahat mashg‘ulotlari tashkil etilgan;
30 nafar ayolga turli yo‘nalishlarda tibbiy yordam va maslahatlar ko‘rsatilgan;
Uy-joy sharoiti og‘ir bo‘lgan 1 nafar xotin-qizning turar joyini ta’mirlash ishlari boshlanganligi ma’lum qilindi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, bandligini ta’minlash, sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3