35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🌐📚 Deputatlik nazorati doirasida Xorijiy tillar markazidagi sharoitlar o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik nazorati tadbirlari doirasida Xorijiy tillar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 Tashrif davomida markaz faoliyati, o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

📚 O‘rganish jarayonida yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun yaratilayotgan qulayliklar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasidagi bunday tadbirlar ta’lim maskanlari faoliyatini o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6