Oʻrganish davomida elektr taʼminoti tizimidagi mavjud muammolar tahlil qilinib, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida mahallaga qoʻshimcha 1 ta transformator oʻrnatish zarurligi aniqlandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar tinglanib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha tegishli choralar belgilandi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish hamda transformator oʻrnatish masalasini hal etish yuzasidan Bogʻot tuman elektr taʼminoti korxonasiga deputat soʻrovi yuborilishi belgilandi.