Oʻrganish davomida:
qurilishda 15 nafar ishchi mehnat qilayotgani;
qurilish ishlarining loyiha talablari asosida olib borilishi;
foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati;
obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish holati koʻzdan kechirildi.
Masʼullarga qurilish ishlarini sifatli va oʻz vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Davlat dasturlari doirasidagi obyektlar qurilishi va ularning ijrosi deputat nazoratida.