#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Nurmatova hamda Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumandagi Bunyodkor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ijtimoiy himoya masalasi yuzasidan qilgan murojaati tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirokida o‘rganildi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha tahlil qilinib, amaldagi tartiblar asosida fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini bartaraf etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|