35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Zomin tumani hokimligining katta majlislar zalida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyev hamda tumandagi umumta’lim maktablari, texnikum va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv davomida yoshlarning kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyati, bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashilmoqda.

Shuningdek, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga tegishli mas’ullar tomonidan batafsil javob va tavsiyalar berilmoqda.

Slide 1 of 4