35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Mahalliy budjet ijrosi: daromadlar reja oshig‘i bilan bajarildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimining 2026-yil 6 oylik mahalliy budjet ijrosi yuzasidan taqdimnomasi ko‘rib chiqildi.

Hisobotga ko‘ra, mahalliy budjet daromadlari 40 mlrd 309,2 mln so‘mni tashkil etib, belgilangan reja 120,5 foizga bajarildi. Xarajatlar esa 45 mlrd 651,7 mln so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi orqali 7 mlrd 110,7 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, tashabbusli budjetning birinchi mavsumida 4 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Slide 1 of 1