35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B. Muydinov hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan "G‘ayrat" MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, tavsiyalarning amaliy ijrosini ta’minlash, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar mahallalarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va tavsiyalar ijrosini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3