Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 27-iyundagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-365-V-son qarori hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining 31-sessiyasida Kengash raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat doimiy komissiyasi raisi Z.Toʻyeva boshchiligidagi ishchi guruhi (H.Bobojonov, I.Kotova ) Jondor tumanining Obod va Aleli mahallalarida oʻrganish ishlarini olib bordi.
Oʻrganishlar davomida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni doimiy ish oʻrinlariga yoʻnaltirish, kasb-hunar va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning holati oʻrganildi.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tavsiyalar berildi.