35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar tinglandi va takliflar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “G‘ambur” mahallasida saylovchilar bilan individual uchrashuvlar tashkil etildi.

🤝 Uchrashuvlar davomida mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslari o‘rganildi. Fuqarolarni qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

✅ Bunday uchrashuvlar deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, aholi bilan doimiy aloqani mustahkamlash, fuqarolarning fikr va takliflarini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3